Bugun 7 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya ishchi kuchi tanqisligini Hindiston hisobidan qoplamoqchi

Rossiya ishchi kuchi tanqisligini Hindiston hisobidan qoplamoqchi

Rossiya mehnat bozorida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda, deya xabar beradi Bloomberg. “Intrud” mehnat agentligi direktori Yelena Velyayevaga ko‘ra, Rossiya kadrlarni nafaqat Hindiston, balki Shri-Lanka va Myanmadan ham jalb etmoqda.

2025 yil dekabrda Vladimir Putinning Hindistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida vaqtinchalik mehnat migrasiyasi tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Rossiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Hindiston fuqarolariga berilgan mehnat ruxsatnomalari soni 56 mingdan oshgan. Solishtirish uchun, 2021 yilda bu ko‘rsatkich taxminan 5 mingni tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 20:22. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!