Yaqin vaqt ichida Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida suhbat o‘tkazilishi rejalashtirilmagan.
Bu haqda TASS agentligiga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Yo‘q, rejalashtirilmagan", — deya javob berdi u Amerika yetakchisi bilan muloqot qilish rejada bor-yo‘qligi haqidagi savolga.