Nashrning aniqlashicha, o‘tgan yilning yozidan buyon Runet ustidan nazorat FSBning Konstitusiyaviy tuzumni himoya qilish va terrorizmga qarshi kurash xizmatiga (Ikkinchi xizmat) o‘tgan. Aynan shu bo‘linma xodimlari siyosatchilar Aleksey Navalniy va Vladimir Kara-Murzani zaharlashga urinishda gumon qilingan edi.
Jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, WhatsApp va Telegram’dagi qo‘ng‘iroqlarni cheklash hamda VPN xizmatlariga qarshi kurash bo‘yicha so‘nggi qarorlar aynan ushbu xizmat tomonidan qabul qilinyapti. Raqamli rivojlanish vazirligida o‘tkazilgan yig‘ilishlardan birida aloqa operatorlari va internet-kompaniyalardan bloklashlarni aylanib o‘tish vositalariga qarshi kurashni o‘z zimmalariga olish talab qilingan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya rahbarlariga VPN’ga qarshi kurashish haqidagi ko‘rsatmalar yozilgan qog‘ozlar tarqatilib, imzo qo‘ydirib olingan va bo‘ysunmaganlarga jazo berilishi bilan tahdid qilingan. Texnologiya kompaniyalari rahbarlari bunday bosimga o‘rganmagan bo‘lsa-da, sohada tashabbus to‘liq Ikkinchi xizmat qo‘liga o‘tgani aytilmoqda.