Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya internet blokirovkalari soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Rossiya internet blokirovkalari soni bo‘yicha Xitoyni ortda qoldirdi

Rossiya da hozirda 417 mingdan ortiq internet resurslari cheklangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich Xitoy dagi maksimal darajadan ham yuqori.

GFWatch ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda bloklangan domenlarning eng yuqori soni 2023 yilda qayd etilgan va u taxminan 308–310 ming ni tashkil qilgan. Keyinchalik bu ko‘rsatkich 169–170 ming gacha kamaygan.

Rossiya OAVlari Roskomsvoboda reestriga tayanib xabar berishicha, 2024 yilda Rossiyada taxminan 523 ming internet resursi bloklangan. Shundan 106 mingga yaqini keyinchalik ochilgan, shu sababli hozirda 417 mingdan ortiq sahifa hali ham ochilmayapti.

Umumiy blokirovkalar soni bo‘yicha eng rekord yil 2023 yil bo‘lgan. O‘sha paytda taxminan 571 ming resurs cheklangan, biroq ulardan faqat 197 mingga yaqini bloklangan holatda qolgan.

Cheklov ostida qolgan sahifalar soni:

  • 2023 yilga nisbatan bir yil ichida ikki barobardan ko‘proq oshgan;

  • 2022 yilga nisbatan deyarli besh barobar ko‘paygan.

Shu bilan birga, blokdan chiqarilgan resurslar soni esa eng past darajaga tushgan.

Mutaxassislar blokirovkalar ko‘payishini quyidagi omillar bilan izohlashmoqda:

  • yangi avtomatlashtirilgan tahlil va filtrlash tizimlari joriy etilishi;

  • TSPU (trafikni texnik vositalar orqali boshqarish tizimi) modernizasiya qilinishi.

Kiritildi: Bugun 17:11. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!