Rossiya hukumati benzin eksportiga cheklovni 28 fevralgacha uzaytirish qarorini qabul qildi. Bu haqda vise-prezident Aleksandr Novakning kotibiyatidan jurnalistlarga ma’lum qilindi.
2024 yil noyabr oyining oxirida Rossiya hukumati benzin eksportiga bo‘lgan vaqtinchalik cheklovni 2025 yil 31 yanvargacha uzaytirgan edi.
Hujjatda shunday deyilgan edi: «Cheklov neft mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan yetkazib berishlarga tatbiq etilmaydi».
Hukumatda aytishlaricha, «qaror ichki yoqilg‘i bozori barqarorligini saqlab qolish, neftni qayta ishlash iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, avtomobil benzinining soxta eksportiga qarshi kurashish uchun qabul qilingan».
Rossiyada benzin narxlari dron hujumlari va, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasidagi talabning ortishi fonida o‘sdi.