Amerikalik aktyor Jin Xekmen 95 yoshida olamdan o‘tdi. U bilan birga uning rafiqasi, 63 yoshli pianinochi Betsi Arakava ham vafot etdi. Bu haqda The Guardian nashriyoti sherif Adan Mendosaning bayonotiga asoslanib xabar bermoqda.
Sherifning ma’lum qilishicha, aktyor, uning rafiqasi va itlarining jasadlari 26 fevral kuni topilgan. 27 fevralga o‘tar kechasi polisiya ularning vafot etganini tasdiqladi. Fojianing sabablari va aniq vaqti hozircha noma’lum. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmaganini Mendosa ma’lum qildi.
Jin Xekmen (to‘liq ismi - Yujin Allen Xekmen) amerikalik aktyor va yozuvchi edi. Uni XX asrning ikkinchi yarmidagi eng muvaffaqiyatli va taniqli aktyorlardan biri deb hisoblashadi. Xekmen ikki marta "Oskar" mukofotiga sazovor bo‘lgan.