Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya hujumi oqibatida Kiyevda Qatar elchixonasi binosiga zarar yetdi

Rossiya hujumi oqibatida Kiyevda Qatar elchixonasi binosiga zarar yetdi

9 yanvar kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning keng ko‘lamli hujumi oqibatida Kiyev shahri va uning atrofida joylashgan 20 ta turar joy binosi, shuningdek, Qatarning Ukrainadagi elchixonasi zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Zelenskiyning ma’lum qilinishicha, faqatgina turarjoy binolarining o‘ziga 20 marta zarba berilgan. Shuningdek, Lvov viloyati va mamlakatning boshqa hududlarida ham zarbalardan keyingi tiklash ishlari davom etmoqda.

"Zarbalardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud mamlakatimiz poytaxti Kiyev bo‘ldi. Hujum oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi va kamida 25 kishi jarohatlandi", — dedi Zelenskiy.

"Jahon hamjamiyati, eng avvalo, Rossiya haqiqatan ham hisoblashadigan Qo‘shma Shtatlar tomonidan bildiriladigan aniq va qat’iy reaksiya zarur. Rossiya diplomatiyaga e’tibor qaratish uning majburiyati ekanini anglab yetishi va har safar qotilliklar hamda infratuzilmani vayron qilishga qaytganida buning oqibatlarini his qilishi shart", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 21:27 09.01.2026. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!