Bugun 27 iyun, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Kubani tark etishni boshladi

Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Kubani tark etishni boshladi

Rossiyaning 4 ta harbiy kemasi 12-17 iyun kunlari Havana portida bo‘ldi.

Rossiya harbiy-dengiz floti kemalari Kubaga safarini yakunlab, poytaxt Havana shahrini tark etmoqda, deb xabar berdi TASS.

Qayd qilinishicha, dastlab «Kazan» atom suv osti kemasi portdan chiqib ketdi, yaqin kelajakda «Admiral Gorshkov» fregati va «Akademik Pashin» tankeri ham orolni tark etadi.

Rossiyaning «Kazan» atom suvosti kemasi, «Amiral Gorshkov» fregati, «Akademik Pashin» tankeri va «Nikolay Chiker» qutqaruv buksiri 12 iyun kuni Havana portiga yetib borgan edi.

6 iyun kuni Kuba inqilobiy qurolli kuchlari vazirligi kemalar kirib kelishiga izoh berib, «Bu Kuba va Rossiya o‘rtasidagi tarixiy do‘stona munosabatlarga mos keladi hamda Kuba ishtirok etuvchi xalqaro qoidalarga muvofiqdir. Hech bir kema yadroviy qurolni olib yurmaydi. Ularning mamlakatimizda to‘xtashi mintaqa uchun xavf tug‘dirmaydi», degan bayonotni bergan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi safarning asosiy maqsadi - «bayroqni namoyish qilish va harbiy-dengiz flotining uzoq okean zonasi operasion muhim hududlarida mavjudligini ta’minlash», deb ma’lumot berdi.

Kiritildi: 02:26 18.06.2024. O'qildi: 6223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!