Rossiya Futbol Ittifoqi faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov "Lans" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishiga munosabat bildirdi. Bir yarim yil oldin u Belarusning "Energetik-BGU" klubi futbolchisi edi.
"SSKA skautlari Fayzullayevga qarashdi, u Husanovdan kam emas. Husanov nega e’tiborga olinmaganiga hukm qilish men uchun emas. Bizning seleksionerlarimiz qayerda edi? U O‘zbekiston va Belorussiyada o‘ynab, omma e’tiborida edi. Nima deyishim mumkin... Biz buni ko‘rmay qoldik", - dedi Koloskov Metaratings bilan suhbatda.
Oldinroq Husanovning "Manchester Siti"ga o‘tishini rasmiylashtirish uchun shaxsiy samolyot yetib kelgani haqida xabar berilgandi.