Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya Federasiyasiga olib ketilgan bolalarni qidirish bo‘yicha konferensiya Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil etiladi

Rossiya Federasiyasiga olib ketilgan bolalarni qidirish bo‘yicha konferensiya Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil etiladi

Rossiya Federasiyasiga olib ketilgan bolalarni qidirish bo‘yicha konferensiya Yevropa Komissiyasi tomonidan tashkil etiladi.

Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen buni "qiyin va uzoq sayohatning boshlanishi" deb atadi: "Hozirda 16 mingdan ortiq bola Rossiyaga olib ketilgani ma’lum bo‘lib, ulardan atigi 300 nafari qaytarilgan".

Bu Bryusseldagi YEI sammitining birinchi kuni natijalaridan biri. Uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, Rossiyaga jamoaviy bosimni kuchaytirish va Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashga kelishib oldilar.

"Turli xil milliy qarashlar, kontekstlar va voqeliklarga qaramay, Yevropa qaysi yo‘nalishda harakatlanishini aniq belgilab oldi", — deya ta’kidladi Yevropa Ittifoqi rasmiysi brifingda.

Evropa Ittifoqi Kengashi shuningdek, sanksiyalar samaradorligini ta’minlash va chetlab o‘tishga qarshi turish uchun faol ishlashini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:14 24.03.2023. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!