Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigida uyushtirilgan teraktning oldini oldi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrim ko‘prigida uyushtirilgan teraktning oldini oldi

"Ko‘prik portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil yordamida portlatilishi rejalashtirilgan, uning haydovchisi bundan bexabar bo‘lgan", deyiladi Rossiya FXX (FSB) bayonotida.

Ma’lum qilinishicha, portlatilishi kerak bo‘lgan transport vositasi Ukraina hududidan “bir qator davlatlar” orqali Rossiyaga kirib kelgan. Mashinani Krasnodar o‘lkasiga avtotransport vositasi yordamida olib kelib, keyin uni haydovchiga topshirish rejalashtirilgan. Haydovchi Qrim ko‘prigi orqali harakatlanib, “terrorchi-kamikadze”ga aylanishi kerak edi.

FSB avtomobilni yetkazishda ishtirok etgan barcha shaxslar qo‘lga olinganini bildirdi.

Kiritildi: 15:15 18.08.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!