Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston «Shimol-Janub» koridorini rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldi

A A A
Rossiya, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston «Shimol-Janub» koridorini rivojlantirish bo‘yicha kelishib oldi

Rossiya, Eron, Qozog‘iston va Turkmaniston vakillari 2024—2025 yillarda «Shimol-Janub» xalqaro transport koridorining sharqiy qismini rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni imzoladi, deb xabar beradi «TASS».

«Ushbu hujjatning amalga oshirilishi 2027 yilgacha yo‘lakning o‘tkazish qobiliyatini yiliga 15 million tonnaga, 2030 yilgacha esa 20 million tonnagacha oshirish imkonini beradi», — deya TASS Qozog‘iston transport vazirligi matbuot xizmatidan iqtibos keltiradi.

Qozog‘iston yo‘lakning sharqiy qismini Hind okeaniga chiqish uchun eng xavfsiz deb hisoblab, uni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqchi. Marshrut qayd etilgan mamlakatlar hududidan o‘tadi.

Hujjat Aqtau shahrida Qozog‘iston, Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Belarus, Iroq, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Rossiya, Turkmaniston va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etgan «Shimol-Janub» koridoriga bag‘ishlangan birinchi forumda imzolandi.

Kiritildi: 19:11 20.07.2024. O'qildi: 1167 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!