Bugun 27 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

Rossiya do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston ham bor

G‘arb bilan sanksiyalar urushini olib borayotgan Rossiya hukumati ayni paytda 30 dan ortiq “do‘st” va neytral davlatlar ro‘yxatini rasman tasdiqladi, deb xabar bermoqda Intell News nashri.

Ro‘yxatga do‘st banklar va brokerlar ham kiritilgan bo‘lib, ularga Rossiya valyuta bozori va derivativlar bozorida erkin savdo qilish huquqi beriladi. Xalqaro moliya olamida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan va endilikda u hukumatning rasmiy veb-saytida ommaga e’lon qilindi.

Ro‘yxat an’anaviy ittifoqchilar va Rossiyaga nisbatan neytral pozisiyani egallagan, shuningdek, xalqaro sanksiyalar rejimidan voz kechgan turli davlatlarni o‘z ichiga oladi.

Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston kabi sobiq sovet respublikalari shular jumlasidandir.

Afrika davlatlari, jumladan, Jazoir, Marokash va Janubiy Afrika Respublikasi kabi mamlakatlar ham ro‘yxatda bor. Kreml ushbu davlatlar bilan Sovet davriga xos tarzda yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda. Afrika davlatlari Moskvadan metall, minerallar, don, neft, yadro texnologiyalari va qurol-yarog‘ olishga umid qilmoqda. Iyul oyi oxirida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan ikkinchi Rossiya—Afrika sammitida AQShning Moskvadan uzoq turish haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, 2019 yilda o‘tkazilgan birinchi sammitdan ko‘proq davlatlar qatnashdi. Rossiya Afrika mamlakatlarini “qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish” yo‘lida muhim qadamlar qo‘ydi, bu borada G‘arbning harakatlari, ayniqsa, mustamlakachilik munosabati tufayli bir mamlakatdan boshqa mamlakatga siqib chiqarilayotgan Fransiyaning harakatlari beqaror, deyiladi nashr xabarida.

Rossiya, shuningdek, BRICS+ loyihasi doirasida Osiyo, Janubiy Amerika va Yaqin Sharqda o‘z ta’sirini muvaffaqiyatli kengaytirdi, shuningdek, dunyoning boshqa yirik neft ishlab chiqaruvchilari bilan munosabatlarni kuchaytirdi. BRICS+ global neft qazib olishning uchdan ikki qismini nazorat qiladi. Hindiston va Xitoy kabi taniqli BRICS davlatlari ham BRICS+ klubining yangi a’zolari sifatida ro‘yxatga kiritilgan.

Rossiyaning do‘st va neytral davlatlar ro‘yxatida quyidagilar bor:

  • O‘zbekiston;
  • Qirg‘iziston;
  • Tojikiston;
  • Turkmaniston;
  • Ozarbayjon;
  • Armaniston;
  • Belarus;
  • Jazoir;
  • Bangladesh;
  • Bahrayn;
  • Braziliya;
  • Venesuela;
  • Vyetnam;
  • Misr;
  • Hindiston;
  • Indoneziya;
  • Eron;
  • Qatar;
  • Xitoy;
  • Kuba;
  • Malayziya;
  • Marokash;
  • Mo‘g‘uliston;
  • Birlashgan Arab Amirliklari;
  • Ummon;
  • Pokiston;
  • Saudiya Arabistoni;
  • Serbiya;
  • Tailand;
  • Turkiya;
  • Janubiy Afrika Respublikasi.

Rossiyada “do‘st bo‘lmagan” davlatlar ro‘yxati ham mavjud — bu Moskvaga qarshi sanksiyalar qo‘ygan yoki ularni qo‘llab-quvvatlagan mamlakatlardir. Hozirgi vaqtda ushbu ro‘yxatga Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari, shuningdek, Avstraliya, Albaniya, Andorra, Buyuk Britaniya (jumladan, Jersi, Anguilla, Britaniya Virjiniya orollari, Gibraltar), Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, AQSH, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya va Yaponiya kiradi.

Iyun oyida tarixda birinchi marta Peterburg xalqaro iqtisodiy forumiga yetakchi g‘arb ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilmagan edi.

Kiritildi: 17:22 25.09.2023. O'qildi: 6722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!