Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya dronlari Ukrainadagi SOCAR ob’ektiga yana hujum qildi

Rossiya dronlari Ukrainadagi SOCAR ob’ektiga yana hujum qildi

18 avgustga o‘tar kechasi Rossiya dronlari Ukrainadagi «Yangi pochta» va Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasiga tegishli neft terminaliga hujum qildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

📍 Hujum Odessa yaqinida amalga oshirilgan. «Dumskaya» nashriga ko‘ra, «deyarli barcha “Shahed” dronlari bir nuqtaga yo‘naltirilgan».

🔥 Hujum natijasida kuchli yong‘in kelib chiqqan. Uni o‘chirishga 100 nafardan ortiq qutqaruvchilar, milliy gvardiyachilar, mahalliy yong‘inchilar va ixtiyoriylar jalb etilgan. Shuningdek, maxsus yong‘in o‘chirish roboti ham qo‘llangan.

🏠 Bir nechta turar joy binolariga ham zarar yetgani xabar qilinmoqda.

📌 Avvalroq, 8 avgust kuni ham SOCAR’ning Odessadagi neft omboriga hujum qilingan edi. O‘sha hujumda yong‘in chiqqan, 4 nafar xodim og‘ir jarohat olgan.

Kiritildi: 18:45 18.08.2025. O'qildi: 1129 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!