Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik manbalariga ko‘ra, ushbu operasiyani Qo‘shma Shtatlarning Yevropadagi qo‘mondonligi rahbari va NATO'ning Yevropadagi birlashgan kuchlari qo‘mondoni general Aleksus Grinkevich muvofiqlashtiradi.
"Hozirda qo‘mondonlik vaziyatni baholamoqda va zarurat tug‘ilsa, qanday yetkazib berishlar kerak bo‘lishiga aniqlik kiritmoqda. Polsha hukumati esa allaqachon ittifoqdoshlardan qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa tizimlari va dronlarga qarshi kurash texnologiyalarini so‘ragan", deya yozmoqda Bloomberg.
Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Rossiya dronlarni ataylab uchirganmi yoki yo‘qmi aniqlash qiyin. Moskva bu voqea tasodifan sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda. Belarus esa dronlarning yo‘nalishi radioyelektron kurash tizimlari tufayli o‘zgarganini bildirgan.