Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya dronlarga qarshi nishonga olish tizimini yaratdi

Rossiya dronlarga qarshi nishonga olish tizimini yaratdi

Yangi LPK-101 "Krechet" teplovizorli nishonga olish tizimi nafaqat dengizda harakatlanuvchi ekipajsiz katerlarni, balki "Baba Yaga" turidagi katta hajmli dronlarni ham nishonga olishda qo‘l keladi.

Yangi nishonga olish tizimining asosiy xususiyatlaridan biri — u nishonni termal belgisi yordamida aniq ajratib ko‘rsatadi va harakatlanayotgan texnikada ham nishonni mo‘tadil ushlab turishga qodir.

Ushbu kompleksning sinovlari quruqlikda ham, dengizda ham o‘tkazildi. Quruqlikda u "Kord" og‘ir pulemyoti bilan jihozlangan "Tiger" zirhli mashinasida o‘rnatildi. Dengida esa tezyurar qayiqlarda sinovdan o‘tdi. Har ikkala holatda ham sinov muvaffaqiyatli o‘tdi.

"Yangi qurilma harakatlanayotgan trasnsportda 100% qulayroq ishlash imkonini beradi. Displey bilan buni amalga oshirish yanada qulayroq”, — deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi harbiy xizmatchi sinovlardan so‘ng.

Kiritildi: 08:22 19.06.2024. O'qildi: 1098 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!