Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya dronlarga qarshi beton bunkerlar qurmoqda

Rossiya dronlarga qarshi beton bunkerlar qurmoqda

Ukrainalik bespilotniklar hujumlari ortidan Rossiya harbiy aviabazalarini muhofaza qilish uchun beton ukrylar va bunkerlar qurishni boshladi. Bu haqda Institut izucheniya voyni (ISW) sputnik tasvirlari va razvedka manbalariga tayanib xabar berdi.

7 iyulda olingan tasvirlarda Kursk viloyatidagi Xalino aerodromida tuproq bilan qoplangan 10 bunker, 12 beton ukry va 8 angar borligi aniqlandi. Qrimdagi Saki aviabazasida ham ikki beton bunker va samolyotlar uchun himoya konstruksiyalari qurilgan. Ammo boshqa ob’ektlarda, jumladan Djankoyda hali qurilish ishlari kuzatilmagan.

ISW tahlilchilari bu qurilishlarni Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan amalga oshirilgan «To‘r» operasiyasiga javob deb baholamoqda. Bu operasiyada ukrain bespilotniklari Rossiya hududidan turib strategik bombardirovshiklar joylashgan aviabazalarga hujum qilgan.

Ukraina qo‘shinlari 12 ta rus samolyotini, jumladan Tu-22M va A-50 samolyotlarini yo‘q qilgan. AQSh xavotiriga qaramay ukrain maxsus xizmatlari Rossiyadagi operasiyalarni davom ettirmoqda.

Xavfsizlikni oshirish maqsadida Rossiya bir qator strategik bombardirovshiklarni yanada xavfsiz aerodromlarga ko‘chirdi. Tu-160 samolyotlari Anadir, Yelizovo va Borisoglebskoye aerodromlariga joylashtirildi.

Kiritildi: 12:41 15.07.2025. O'qildi: 842 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!