Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatining Pavlograd tumanida dron hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 16 kishi jarohat oldi.
Bu haqda Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasi ma’lum qildi.
Kompaniya dastlab 15 kishi halok bo‘lgani va yetti kishi yaralangani haqida xabar bergan edi, ammo keyinchalik xabarni tahrirlab, hujumda 12 kishi halok bo‘lgani va 16 kishi yaralangani aytilgan.
Xabarga ko‘ra, to‘qqiz konchining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.