Rossiya qo‘shinlari Suriyadan chiqib ketmoqda, deb yozadi xorijiy OAV.
Suriyalik jangchilar Rossiya Qurolli Kuchlari kolonnasini o‘rta barmoqlarini ko‘rsatgan va oyoq kiyimlarini yechgan holda kuzatib qo‘ydi. Bu nafrat ramzi.
Undan avvalroq xabar qilinishicha, Suratlarda Xmeymim aviabazasiga kelgan transport samolyotlari, shuningdek, Rossiyaga jo‘natish uchun tayyorlangan S-400 zenit-raketa majmuasi elementlari aks etgan. Bundan tashqari, sun’iy yo‘ldoshlar Rossiya harbiy kemalarining Tartus portidan chiqib ketayotganini qayd etgan.
Germaniya mudofaa vazirligi ham Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan evakuasiya qilish boshlanganini tasdiqladi, deb yozadi Bild. Bundesverning ta’kidlashicha, rus guruhi allaqachon Tartus portini tark etgan. Financial Times sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga asoslanib, evakuasiya tadbirlarini o‘tkazish uchun Xmeymim aviabazasiga ikkita An-124 va uchta Il-76 yirik transport samolyotlari, shuningdek, uchta An-32 va bitta An-72 kichikroq samolyotlari kelganini ta’kidlaydi.