Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Rossiya Davlat dumasi: Rossiyadagi muhojirlarning ko‘pchiligi rus tilini bilmaydi, bu esa tuzatishga muhtoj

Rossiya Davlat dumasi: Rossiyadagi muhojirlarning ko‘pchiligi rus tilini bilmaydi, bu esa tuzatishga muhtoj

Rossiya Davlat dumasi muhojirlarning rus tilini bilishini to‘liq tekshirishga chaqirdi.

Rossiyadagi muhojirlar soni 16 milliondan oshadi, bu umumiy aholining 12 foizini tashkil qiladi. Shu bilan birga, ularning ko‘pchiligi rus tilini bilmaydi, bu esa tuzatishga muhtoj, — dedi Davlat Dumasi nazorat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dmitriy Gusev.

Ular Rossiyaga nazoratsiz ravishda kelishadi, bizda bu yerga kelishni va shunga mos ravishda deportasiyani tartibga solish imkonini beradigan qat’iy qonunchiligimiz yo‘q, deya deputat migrantlarning mamlakatda bo‘lishi bo‘yicha qat’iy qoidalarni joriy etishga chaqirgan.

Rossiyalik deputatga ko‘ra, muhojirlar soni bo‘yicha Rossiya AQSh va Fransiyani ortda qoldirgan. Ular mahalliy qonunlarga bo‘ysunmay, “deyarli nazoratsiz” yashamoqda. U mazkur sohani yaxshilashga qaratilgan har qanday tashabbusni ma’qullashini aytib, Rossiya korxonalarida ishlayotgan muhojirlarni 100 foiz tekshirish kerakligini ta’kidlagan.

Ishonchim komilki, muhojirlarning aksariyatini uyga yuborishga majbur bo‘lamiz. Bu to‘g‘ri chora, — deya xulosa qilgan u.
Kiritildi: 08:25 21.06.2024. O'qildi: 1137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!