Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya Bosh prokuraturasi FIDE prezidenti Timur Turlovga qarshi da’vosidan voz kechdi

Rossiya Bosh prokuraturasi FIDE prezidenti Timur Turlovga qarshi da’vosidan voz kechdi

Rossiya Bosh prokuraturasi Freedom Finance xoldingi asoschisi va Xalqaro shaxmat federasiyasining (FIDE) yangi prezidenti Timur Turlovga qarshi da’vosini qaytarib oldi. Bu haqda Moskvadagi Tver sudidan RBK, «Interfaks» va «Ostorojno novosti» nashrlari muxbirlari xabar berdi.

Bosh prokuratura Turlov asos solgan xolding faoliyatini ekstremistik deb topish va uning mol-mulkini davlat daromadiga o‘tkazishni talab qilgan edi.

«14 oktyabr kuni sudga hujjatlar qabul qilish bo‘limi orqali Bosh prokuror o‘rinbosari Tkachyov imzolagan da’vodan voz kechish to‘g‘risidagi ariza kelib tushdi», — dedi sudya.

Bosh prokuraturaning Turlov va u asos solgan Freedom Finance xoldingiga qarshi da’vosi Tver sudiga kelib tushgani haqida 1 oktyabr kuni ma’lum bo‘lgan edi. Da’vo talablari oshkor etilmagan, biroq «Kommersant’» manbalari bu ishni Turlov va uning xoldingi tomonidan Ukrainadagi gumanitar loyihalarga qilingan xayriyalar bilan bog‘lagan.

Sentyabr oyi oxirida Turlov Samarqandda o‘tkazilgan saylovda FIDE prezidenti etib saylangan edi. Bunga qadar u Qozog‘iston shaxmat federasiyasiga rahbarlik qilgan.

Turlov 2022 yilda Rossiya fuqaroligidan voz kechib, Qozog‘iston fuqaroligini qabul qilgan. U AQShda ro‘yxatdan o‘tgan va Nasdaq birjasida aksiyalari savdoga qo‘yilgan Freedom Holding Corp. moliyaviy guruhining asoschisi, asosiy aksiyadori va rahbari hisoblanadi.

Turlovga tegishli kompaniya qimmatli qog‘ozlar bozorida faol ishtirok etgan. 2022 yilda u Rossiya bozorini tark etishini e’lon qilgan va Rossiyadagi aktivlarini mahalliy menejmentga sotish rejalarini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 22:36 15.10.2026. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!