Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya bilan gaplashish kerak: NATOning iste’foga chiqayotgan rahbari intervyu berdi

Rossiya bilan gaplashish kerak: NATOning iste’foga chiqayotgan rahbari intervyu berdi

Stoltenbergga ko‘ra, NATO Rossiya bosqinining oldini olish uchun ko‘proq harakat qilishi mumkin edi.

G‘arb harbiy alyansining iste’foga chiqayotga rahbari shanba kuni e’lon qilingan intervyusida NATO 2022 yilda Rossiya bosqinidan oldin hujumning oldini olish uchun Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashi mumkin edi, dedi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung haftalik gazetasiga bergan intervyusida: «Hozir biz urushni harbiy aslahalar bilan ta’minlayapmiz. Urushning oldini olish uchun harbiy vositalar bilan ta’minlashimiz ham mumkin edi» dedi.

Stoltenbergning aytishicha, NATO Rossiya bilan ziddiyat kuchayishidan xavotirda Kiyevga o‘shanda so‘ragan qurollarni berishni istamagan.

U, shuningdek, urushni tugatish uchun faqat muzokaralar muvaffaqiyat qozonishini aytdi.

«Urushni tugatish uchun ma’lum bir bosqichda Rossiya bilan yana muloqot bo‘lishi kerak», - dedi u.

Stoltenberg ushbu lavozimda 10 yil ishlaganidan so‘ng, oktyabr oyida NATOdagi vazifasidan ketadi. Uning o‘rnini Gollandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte egallaydi.

Kiritildi: 19:30 16.09.2024. O'qildi: 3335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!