Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

“Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganing”: Ramzan Qodirov G‘arbga murojaat qildi

“Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganing”: Ramzan Qodirov G‘arbga murojaat qildi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov G‘arb siyosatchilariga murojaat qilib, ularga Rossiya bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb dunyosi haligacha bir narsani anglay olmayapti: zamonaviy Rossiya allaqachon “Gorbachyov ittifoq respublikalari” va “fitna, taqchillik va defoltda qurilgan Yelsin hududi” bo‘lmay qolgan.

“Bu allachaqon kuchli va qudratli Rossiya, va siz, G‘arb siyosatchilari, Rossiya Federasiyasini barbod qilish strategiyasini emas, balki G‘arb tomonidan talangan va kamsitilgan mamlakatdan 20 yildan oshiqroq vaqt ichida qudratli siyosiy tartibli, strategik maqsadlarni inobatga olgan holda yangidan tuzilgan, toblangan va bukilmaydigan davlatga aylangan mamlakat bilan hamkorlik qilish munosabatlaringizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerak”, - dedi yozdi Qodirov o‘zining telegram kanalida.

Checheniston rahbari Rossiya do‘stlashishni biladigan va dunyo mamlakatlari orasida eng yaxshi do‘st ekanini qayd etgan. U Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning "agar kimda kim mamlakatdan biror narsani uzib olmoqchi bo‘lsa, o‘zi tishsiz qolishi" haqidagi gaplarini eslatgan.

“Rossiya bilan do‘stlashishni o‘rganing – tishlaringiz esa butunligicha qoladi”, - deya xulosa qilgan Qodirov.

Kiritildi: 13:17 14.08.2022. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!