"KamAZ" zavodi O‘zbekistondan ishchilarni jalb qilishda davom etadi
Toshkentda Rossiya avtomobil korxonasi va O‘zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi rahbarlarining uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
“KamAZ” 2021 yildan boshlab o‘z korxonalarida ishlash uchun xorijiy fuqarolarni jalb qilishni boshladi. Ular orasida 450 nafar o‘zbekistonlik.
Keyinroq avtomobilsozlik korxonasi rahbariyati O‘zbekistondan ham ko‘proq ishchilarni jalb etishini ma’lum qildi.