Bugun 10 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya armiyasi Xarkov va Dneprdagi aholi turar joylariga zarba berdi

 Rossiya armiyasi Xarkov va Dneprdagi aholi turar joylariga zarba berdi

10 martga o‘tar kechasi Rossiya dronlari Xarkovning Xolodnogor tumaniga hujum qildi va zarbalar oqibatida xususiy uylarga zarar yetdi.

Qayd etilishicha, 4 kishi, jumladan, 10 yoshli qiz jarohatlangan. Dnepr shahrida o‘qqa tutilishi oqibatida kamida sakkizta ko‘p qavatli turar-joy binosi shikastlangan. Binolarning derazalari sinib, balkonlari vayron bo‘lgan. Kamida 10 kishi yaralangan, ular orasida 12 yoshli bola ham bor.

Ma’lumot uchun, bir kun avval kechqurun Xarkovning sanoat hududi zarbaga uchragan, rasmiylar 8 kishi jabrlangani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 13:15. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!