Rossiya Mudofaa vazirligi tunda Ukraina portlariga yuqori aniqlikdagi qurollar va dronlar bilan zarba berdi. Natijada yonilg‘i rezervuarlari, dron yig‘ish sexlari hamda Chernomorsk va Dnepr-Bug limanida harbiy yuklar olib ketayotgan 4 ta dengiz kemasi shikastlangani ma’lum qilindi.
Odessa shahriga uyushtirilgan hujumlar oqibatida fuqarolik infratuzilmasi va mahalliy korxonalardan biri zarar ko‘rdi. Tonggi hujum natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 3 kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizildi.
Sumi shahri atrofidagi turar joy mavzesiga berilgan zarba oqibatida 7 kishi jarohatlandi, fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetdi.
Izyum shahrida aviabombalar va dronlar yordamida berilgan kombinasiyalashgan zarba tufayli xususiy uylar, kommunal mulklar va qishloq xo‘jaligi texnikalari vayron bo‘ldi. Jabrlanganlar borligi xabar qilind