Rossiya armiyasi Kursk viloyatidagi Sudja shahriga hujum boshladi — Amerika Urushni O‘rganish Instituti (ISW).
ISW ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Kursk viloyatida oldinga siljiyapti, Bondarevka, Zamoste va Maxnovka aholi punktlari nazorat ostiga olingan, Sudjaga hujum boshlangan.
Rus Telegram-kanallari Rossiya qo‘shinlari Sudja ustidan allaqachon nazorat o‘rnatganini da’vo qilmoqda, ammo buni tasdiqlovchi mustaqil manbalar mavjud emas.
Ukraina Qurolli kuchlari Sudjani 2024 yil avgust o‘rtalarida nazoratga olgandi. Rossiya qo‘shinlari uzoq vaqt davomida shaharga kira olmayotgan edi. 11 mart kuni ommaviy axborot vositalari Rossiya armiyasi Sudja chekkasiga yetib borgani va Ukraina Qurolli Kuchlarining ikkita asosiy mustahkamlangan hududi — Mala Loknya va Martynovkani egallagani haqida ma’lumot xabar berilgan edi.