Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya AQShning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotidagi faoliyatini tanqid qildi

Rossiya AQShning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkilotidagi faoliyatini tanqid qildi

Rossiyaning Kimyoviy qurolni taqiqlash tashkiloti (KQTT)dagi doimiy vakili Vladimir Tarabrinning ta’kidlashicha, AQSh delegasiyasi konfrontasion siyosat yuritib, tashkilot faoliyatini izdan chiqarmoqda. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga ma’lum qilgan.

Tarabrinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2025 yil iyul oyida KQTTning Texnika kotibiyatiga Kiyev tomonidan kimyoviy qurollardan foydalanilgani haqida ishonchli dalillarni taqdim etgan.

Shu bilan birga, u oxirgi uch yil ichida tashkilot faqat turli manbalardan kelgan ma’lumotlarni tekshirish haqida umumiy bayonotlar bilan cheklanib kelayotganini qayd etdi.

Tarabrinning ta’kidlashicha, bu muddat ichida Texnika kotibiyati Rossiyaga biror marta ham rasman murojaat qilmagan va taqdim etilgan ma’lumot bo‘yicha qo‘shimcha izoh yoki aniqlik so‘ramagan.

Uning fikricha, bu holat KQTTda siyosiy bosim va ikki standartlar hukm surayotganidan dalolat beradi.

Kiritildi: 21:54 16.10.2025. O'qildi: 546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!