Bugun 29 iyul, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya AQSh va Ukraina muhokama qilayotgan havo sulhiga munosabat bildirdi

Rossiya AQSh va Ukraina muhokama qilayotgan havo sulhiga munosabat bildirdi



Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vashington va Kiyev o‘rtasida muhokama qilinayotgan havo makonidagi sulh taklifiga munosabat bildirib, bu haqda gapirishga hali erta ekanini aytdi.

Unga aytishicha, Moskva yangi tashabbuslarni faqat Rossiya manfaatlariga mos kelsagina ko‘rib chiqadi.

"Vaqt o‘tishi bilan turli formulalar yoki takliflar ilgari surilishi mumkin. Keyingi jarayon esa ularning bizning manfaatlarimizga qanchalik mos kelishiga bog‘liq bo‘ladi", — dedi Kreml vakili.

Reuters'ga ko‘ra, havo makonidagi sulhi bo‘yicha muhokamalar Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirilayotgan uchrashuvi arafasida tinchlik muzokaralarini qayta jonlantirishga qaratilgan yangi diplomatik urinishlarning bir qismi sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 19:45 27.07.2026. O'qildi: 635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!