Evropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini musodara qilish bo‘yicha o‘z yondashuvini qayta ko‘rib chiqishga qaror qildi, hozirda bunday qarorning yuridik va moliyaviy oqibatlari baholanmoqda. Bu haqida Bloomberg xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqining diplomatik xizmati va qator a’zo davlatlar Rossiya aktivlarini musodara qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu variantlar orasida sud qarorlarini asos sifatida ishlatish yoki faqat yetkazilgan zararni hisoblash bilan cheklanish imkoniyati bor. Shuningdek, YEI bunday qaror yevro kursiga va Yevropa kapitali chiqib ketishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini ham o‘rganmoqda.
Shu bilan birga, Bloomberg manbalariga ko‘ra, bir nechta davlatlar, jumladan Germaniya, Belgiya va Lyuksemburg, bu g‘oyaga jiddiy xavotirlar bildirmoqda. Agentlikning ta’kidlashicha, aktivlarni musodara qilish bo‘yicha yondashuvni qayta ko‘rib chiqish qarori Donald Trampning Oq uyga qaytishi va uning AQSh Ukrainaga qo‘llab-quvvatlashni qisqartirishi yoki butunlay to‘xtatishi mumkinligi haqidagi bayonotlari fonida qabul qilingan.