Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Rossiyada dahshatli halokat: 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi endi oramizda yo‘q

Rossiyada dahshatli halokat: 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi endi oramizda yo‘q

Rossiyada O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Cobalt yuk mashinasiga urilishi natijasida 5 nafar hamyurtimiz halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, joriy yil 17 dekabr kuni ertalab soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan “Saransk-SurskoYE-Ulyanovsk” yo‘nalishidagi R-178 federal trassasining 209 km. O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Mudhish yo‘l transport hodisasi oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari (A.A. 1977 y.t., J.I., 1988 y.t., K.S., 1975 y.t., K.A., 2004 y.t. va B.O., 1977 y.t.) halok bo‘lgan.

Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok bo‘lganlarni jasadlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmokda.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 2049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!