Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Rossiya Afg‘onistonda "Tolibon"dan nima umid qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Rossiya Afg‘onistonda "Tolibon"dan nima umid qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Vatan taqdirini faqat Afg‘oniston xalqining o‘zi hal qilishi mumkin. Bu haqda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Rossiya Federasiyasining ushbu tashkilotdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistonning yangi hokimiyati hozirda mamlakatda mavjud bo‘lgan ko‘plab muammolarni bartaraf eta olishiga umid qilmoqda. Bu muammolarga ISHID guruhi tomonidan namoyish etilgan terroristik tahdid, ham noqonuniy giyohvand moddalar savdosi kiradi.

"Afg‘oniston haligacha dunyodagi eng yirik opiy yetkazib beruvchisi ... biz bu haqda gaplashdik, ular haqiqatan ham bizni eshitishni xohlamadilar, - dedi Vasiliy Nebenzya. - Ko‘rinib turibdiki, avvalgi hukumatning harakatlari yetarli emasdi. Giyohvand moddalar ko‘lami jadal o‘sdi. Umid qilamizki, yangi hokimiyat ularni Afg‘oniston hududidan kelib chiqadigan giyohvandlik tahdidlaridan qutqarib, bu bilan kurasha oladi".

Kiritildi: 09:17 10.09.2021. O'qildi: 5092 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!