Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya 5 fevraldan noqonuniy migrantlar uchun deportasiya rejimini joriy qiladi

Rossiya 5 fevraldan noqonuniy migrantlar uchun deportasiya rejimini joriy qiladi

Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin 5 fevraldan kuchga kiradigan migrasiya siyosatini takomillashtirish bilan bog‘liq ikkita o‘zgarishni e’lon qildi.

Bu haqda u "Telegram"dagi kanalida yozdi.

Birinchidan, noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish tartibini nazarda tutuvchi qonun kuchga kiradi. Ikkinchidan, “mamlakatga kirish yoki undan chiqish qoidalarini buzganlik, shuningdek, nazorat qilinadigan shaxslar reestriga kiritilgan migrantga xizmat ko‘rsatishni ta’qiqlaganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etiladi”.

Bundan tashqari, Davlat Dumasi raisi yana uchta qonun 5 fevraldan kuchga kirishini ta’kidladi. Gap qiyin hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan bolalarga murabbiylik qilish, ijodiy sohalarni rivojlantirish va ushbu konsepsiyani mustahkamlash, shuningdek, musodara qilingan mulkni Rossiya sub’ektlarining mulkiga aylantirish haqida bormoqda.

Kiritildi: 17:40 01.02.2025. O'qildi: 1396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!