Ukraina razvedkasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya 2045-yilga kelib Yevropa bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush ehtimolini ko‘rib chiqmoqda va NATO bilan harbiy mojarolar uchun ssenariylarni ishlab chiqmoqda.
Xususan, oltita ssenariy Shimoliy Yevropaga tegishli bo‘lib, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari bo‘yicha alohida rejalar tuzilmoqda. Ushbu ssenariylardan biri NATOning sharqiy qanotida Ittifoqning o‘z a’zolarini himoya qilish qobiliyatini sinab ko‘rish uchun inqirozni keltirib chiqarishni nazarda tutadi.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida sabotaj, kiberhujumlar, dezinformasiya va josuslik kabi gibrid faoliyat bilan shug‘ullanadigan qariyb 400 nafar Rossiya razvedka xodimi mavjud.