"Vedomosti" nashri Narx indekslari markazi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, 1 iyundan 25 iyungacha Rossiyaga Belarus davlatidan 141 ming tonna yonilg‘i olib kelingan. Bu ko‘rsatkich may oyidagi umumiy yetkazib berish hajmidan 2,4 barobar ko‘pdir. 2025 yil iyun oyida esa Belarusdan Rossiyaga atigi 1 ming tonna benzin import qilingan edi.
Narx indekslari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus ilgari Markaziy Osiyo davlatlari uchun mo‘ljallangan yonilg‘i hajmini Rossiyaga yo‘naltirgan.
Nashr tomonidan so‘ralgan ekspertlarning fikricha, Belarus benzini importining oshishi Rossiya bozoridagi yonilg‘i vaziyatini yaxshilashga yordam beradi, biroq benzin taqchilligini to‘liq bartaraf etolmaydi.
Energetika bo‘yicha ekspert Kirill Rodionov "Vedomosti"ga bergan intervyusida Belarus oyiga taxminan 150–170 ming tonna yonilg‘i eksport qilish imkoniyatiga ega ekanini ma’lum qildi.
Avvalroq Reuters agentligi Rossiyada yoz mavsumida benzin iste’moli sutkasiga kamida 110 ming tonnani tashkil etishini xabar qilgan edi.