Rossiyaning Zabaykalye o‘lkasida yoqilg‘i sotish hajmi cheklandi. Hudud Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, shaharlarda bir avtomobilga 30 litrgacha, trassalarda esa 50 litrgacha yoqilg‘i sotishga ruxsat berilgan.
O‘lka bo‘yicha umumiy me’yor bir avtomobil uchun 50 litr etib belgilangan. Shuningdek, benzinni kanistr va boshqa idishlarga quyib sotish taqiqlangan.
Cheklovlar «Rosneft» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida amal qilmoqda.