Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Roskomnadzor internet tezligini o‘lchash imkonini beruvchi Speedtest xizmatini blokladi — “Kommersant”

 Roskomnadzor internet tezligini o‘lchash imkonini beruvchi Speedtest xizmatini blokladi — “Kommersant”

"AQShning Ookla kompaniyasiga tegishli xizmat Runet xavfsizligiga tahdidlar aniqlangani sababli bloklandi", deya xabar bermoqda agentlik Roskomnadzorga tayanib.

2024 yil iyun oyida Roskomnadzorga aloqador tuzilmalar Speedtest'ga o‘xshash xizmat — internet tezligini tekshiruvchi mobil ilova “Proset”ni yaratgani ma’lum qilingan edi. O‘sha yilning oktyabrida esa “Izvestiya” gazetasi Roskomnadzorga tayanib, agar xizmat Rossiyada internet ishining barqarorligi, xavfsizligi va yaxlitligiga tahdid solayotgan deb topilsa, uni bloklash mumkinligi haqida yozgan edi.

Rossiyalik operatorlarga ushbu xizmatdan foydalanishni taqiqlash taklifini Davlat Dumasi va FSB ham qo‘llab-quvvatlagan.

Kiritildi: 16:57 30.07.2025. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!