Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Ronalduning yoshi 29da?!

Ronalduning yoshi 29da?!

Portugaliya futboli afsonasi Krishtianu Ronaldu futbolda yana 10 yil o‘ynashini aytdi.

40 yoshli "Al-Nasr" hujumchisi buni Whoop texnologiya kompaniyasining podkastida aytdi, ushbu kompaniya fitnes-trekerlar va sog‘liqni monitoring qilish qurilmalariga ixtisoslashgan.

Ronalduning fiziologik ma’lumotlari o‘lchandi: yurak urishi tezligi, yurak ritmi o‘zgarishi va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlar, shuningdek, uning yuklanishi, tiklanishi va uyqusi haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

"Hammasi shunchalik yaxshi ekaniga ishonmayman... 28,9 yosh. Bu men yana 10 yil futbol o‘ynayman degani", – dedi Whoop ambassadori bo‘lgan Krishtianu Ronaldu.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, ushbu fitnes-braslet professional darajadagi texnologiya bo‘lib, 140 dan ortiq ko‘rsatkichni kuzatish imkonini beradi.

Kiritildi: 23:34 21.05.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!