"An-Nasr"ning Meyson Grinvud bilan shartnoma imzolash imkoniyati past.
Avvalroq, Saudiya klubi "Marsel" vingeriga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Transferda "MYu"da Grinvud bilan birga o‘ynagan Krishtianu Ronaldu asosiy rol o‘ynashi mumkin.
Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, "Marsel" futbolchini sotmoqchi emas. "An-Nasr" bundan keyin ham kelishuvga erishish uchun harakat qilishda davom etadimi yoki Grinvudning o‘zi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyormi, hozircha noma’lum.
"Manchester Yunayted" futbolchining transfer summasining 50 foizini oladi.
O‘tgan mavsumda Grinvud Liga 1'da 34 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urgan va 5 ta golga hammualliflik qilgan.