Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ronaldudan yana bir rekord: Krish 46-mamlakat milliy jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi

Ronaldudan yana bir rekord: Krish 46-mamlakat milliy jamoasi darvozasini ishg‘ol etdi

Portugaliya milliy jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu Qatarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:0) gol muallifiga aylandi.

«Manchester Yunayted» klubi rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Qatar bilan o‘yinda kiritilgan gol Krishtianu uchun 46-mamlakat milliy jamoasi darvozasini ishg‘ol etilishi bo‘ldi. Bu rekord natijadir, hali hech bir futbolchi bunday natija qayd etmagan.

Ushbu gol bilan 36 yoshli forvard milliy jamoasi safidagi gollari sonini 112taga yetkazib, o‘ziga tegishli rekordni yana yangiladi.

Oldinroq u terma tarkibida gol urish borasida birinchi, o‘yin o‘tkazishda esa ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani borasida ma’lumot bergandik.

Ma’lumot uchun, Ronaldu milliy jamoasi safida 181 o‘yinda 112ta gol va 41ta assistga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 08:15 11.10.2021. O'qildi: 2680 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!