"An-Nasr" o‘rtoqlik o‘yinida "Riu Ave"ni mag‘lub etdi - 4:0. O‘yin Portugaliyadagi "Algarve" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Muhammad Simakan hisobni ochdi. Tanaffus arafasida Krishtianu Ronaldu saudiyaliklarning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘lim boshida 40 yoshli portugaliyalik dubl qayd etgan bo‘lsa, oradan yana 5 daqiqa o‘tib, penaltini aniq amalga oshirdi va xet-trik qayd etdi.
O‘rtoqlik o‘yini
"An-Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Riu Ave" (Portugaliya) - 4:0 (2:0)
Gollar: Simakan, 15 - 1:0. Ronaldu, 44 - 2:0. Ronaldu, 63 - 3:0. Ronaldu, 68 (pen) - 4:0.