Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu va Benzema nufuzli sovrin uchun kurashadi

Ronaldu va Benzema nufuzli sovrin uchun kurashadi

Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, Yaqin Sharqda 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi. Yakuniy ro‘yxatga to‘rt nafar o‘yinchi kiritildi.

Unga ko‘ra, Krishtianu Ronaldu ("An-Nasr"), Karim Benzema ("Al-Ittihod"), Riyod Mahrez ("Al-Ahli") va Salem Al-Davsari ("Al-Hilol") sovrin uchun kurash olib boradi.

O‘tgan yili Krishtianu Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Globe Soccer Awards - har yili o‘tkaziladigan taqdirlash marosimi bo‘lib, unda futbol muhitida eng katta yutuqlarga erishgan odamlar aniqlanadi. Turli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.

Kiritildi: Bugun 14:29. O'qildi: 169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!