“An-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi, 39 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida urgan gollariga qoyil qolishini aytdi.
"Men juda ko‘p chiroyli gollar urdim. Bunday gollarni urishga faqat Krishtianu qodir", - deya portugaliyalikning so‘zlarini keltiradi Goal.
Ronaldu hozirda “An-Nasr” safida 90 ta o‘yinda 81 ta gol urgan. Krishtianuning klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.