«Oltin to‘p»ga besh marta ega bo‘lgan Krishtianu Ronaldu AQSh prezidenti Donald Trampga Portugaliya terma jamoasi imzolagan futbolkasini yubordi.
Trampga sovg‘a G7 sammiti davomida Kanadada Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta tomonidan topshirildi, u bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida foto joyladi.
Ronaldunning imzosi bilan birga, futbolkada Portugaliya futbolchisi tomonidan shunday xabar qoldirilgan: «Prezident Trampga. Tinchlik uchun o‘ynaymiz».