Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi (video)

Sudya katta yordamchisi 53 ming dollar bilan ushlandi (video)

Surxondaryo viloyati sudining sudya katta yordamchisi xizmat mavqeidan foydalangan holda boylik orttirmoqchi bo‘ldi. U jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha 2 nafar sudlanuvchiga nisbatan aniqlangan 6,3 mlrd so‘mlik zarar miqdorini qayta baholash to‘g‘risida sud ajrimi chiqarish orqali kamaytirib, ularga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatish va dastlabki tergov davrida qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot chorasini bekor qildirishni va’da bergan.

Evaziga sudlanuvchilarning qarindoshidan 53 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:06. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!