Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronaldu "Real"ning ikki futbolchisini "An-Nasr"ga chaqirdi

Ronaldu "Real"ning ikki futbolchisini "An-Nasr"ga chaqirdi

Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning transfer ishlarida ishtirok etmoqda. Yaqinda Ronaldu klubning yana bir portugaliyalik hujumchi - Joau Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishida muhim rol o‘ynadi. Krishtianuning transfer rejalari shu bilan cheklanib qolmaydi. Defensa Central xabariga ko‘ra, 40 yoshli futbolchi "Real"ning ikki futbolchisini "An-Nasr"ga chaqirgan. Gap David Alaba va Antonio Ryudiger haqida ketmoqda.

Agar Alaba va Ryudiger yaqin kunlarda "An-Nasr"ga yo‘l olmasa (Saudiya Arabistonida transfer oynasi hali yopilmagan), Ronaldu ularni kelasi yozda jamoada ko‘rishdan xursand bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Alaba va Ryudigerning Madriddagi amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan. 33 yoshli Alaba bilan bog‘liq vaziyatda "qaymoqranglilar" allaqachon shartnoma uzaytirilmasligiga qaror qilgan. 32 yoshli Ryudigerni esa "Real" saqlab qolishga harakat qilishi mumkin.

Kiritildi: 10:45 07.09.2025. O'qildi: 1205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!