Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ronaldu - Messi haqida: "Esimda, bir kuni unga nimanidir ingliz tiliga tarjima qilgan edim"

Ronaldu - Messi haqida: "Esimda, bir kuni unga nimanidir ingliz tiliga tarjima qilgan edim"

"An-Nasr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Inter Mayami" yulduzi Lionel Messi bilan raqobati haqida gapirdi.

"Biz 15 yil davomida futbol sahnasini baham ko‘rdik va har doim bir-birimizga yaxshi munosabatda bo‘ldik. Esimda, bir kuni unga nimanidir ingliz tiliga tarjima qilgan edim, bu juda qiziq edi. U menga doim yaxshi munosabatda bo‘lgan, o‘z klubi va terma jamoasini, men esa o‘z jamoamni himoya qilganman. Biz bir-birimizni ruhlantirardik, Senna va Prost kabi bizda ham halol raqobat bo‘lgan," - deya Ronalduning so‘zlarini keltirmoqda Marca.

Eslatib o‘tamiz, Messida sakkizta "oltin to‘p" bor. Ronaldu, o‘z navbatida, faoliyati davomida besh marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 10:18 04.02.2025. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!