Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Ronaldu klubdagi faoliyatidagi 800-golini urdi

Ronaldu klubdagi faoliyatidagi 800-golini urdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub miqyosida urgan gollari sonini 800taga yetkazdi.

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionatining so‘nggi turida "Al-Fateh" darvozasini ishg‘ol qildi. 40 yoshli futbolchi turnirning to‘purarlik poygasida 25 ta gol bilan birinchi bo‘ldi. Bundan tashqari, bu gol forvard uchun klubdagi faoliyatidagi 800-gol bo‘ldi. Ronaldu hozirgi jamoasida 99 ta, "Manchester Yunayted"da 145 ta, "Yuventus"da 101 ta, "Real"da 450 ta, Lissabonning "Sporting" klubida yana beshta gol urgan.

Krishtianu Ronaldu 2023 yil boshidan beri "An-Nasr" sharafini himoya qilmoqda. Kelayotgan yozda futbolchi klubni tark etishi mumkin - uning shartnomasi iyun oyi oxirida tugaydi.

Kiritildi: 11:15 27.05.2025. O'qildi: 730 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!