Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ronaldu: "Kilianning o‘rnida bo‘lganimda, Krishtianudek o‘ynagan bo‘lardim"

Ronaldu: "Kilianning o‘rnida bo‘lganimda, Krishtianudek o‘ynagan bo‘lardim"

Krishtianu Ronaldu fransiyalik futbolchi Kilian Mbappening markaziy hujumchi nuqtasidagi o‘yini haqida gapirdi.

"Hujumchi pozisiyasi Mbappe uchun barchasini qiyinlashtirmoqda, sababi, menimcha, u bu rol qanday bajaralishini bilmayapti... Gap bu Kilianning qo‘lidan kelmasligida emas, bu shunchaki uning pozisiyasi emas.

Agarda men "Real"da bo‘lganimda, unga "to‘qqizlik" bo‘lib harakat qilishni o‘rgatgan bo‘lardim. Sababi [boshida] men ham markaziy hujumchi bo‘lmaganman. Men sekin-asta markaziy hujumda o‘ynashga ko‘nikib borganman. Hozir odamlar avvallari men qanot vakili sifatida to‘p tepganimni esdan chiqarib qo‘yishmoqda.

Kilian odatiy hujumchi bo‘lishi kerak emas. Uning o‘rnida bo‘lganimda, hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘yinidan o‘rnak olgan bo‘lardim", – dedi portugaliyalik futbolchi Edu Agirrega intervyu vaqtida.

Kiritildi: 16:50 03.02.2025. O'qildi: 1443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!