Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuv seshanba, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Unda “An-Nassr” safarda “Abha” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Krishtianu Ronaldu jarima zarbasidan gol urib, hisobni ochdi.
Oradan 10 daqiqa o‘tib, portugaliyalik futbolchi yana bir bor jarima zarbasini golga aylantirdi.
33-daqiqada Sadio Mane Ar-Riyod klubining uchinchi goliga mualliflik qildi. 42-daqiqada Ronaldu het-trikni rasmiylashtirdi, 44-daqiqada esa Sulayhim raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
“An-Nassr” ikkinchi bo‘limda yana 3 marta darvozani aniq nishonga oldi. Bu safar Garib va Aliva (2 ta) o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa “An-Nassr” 8-0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Ar-Riyod jamoasi ochkolari sonini 62 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
Saudiya Pro Ligasi
26-tur bahsi
2 aprel, seshanba
“Abha” — “An-Nassr” 0:8
Gollar: 0:1 – 11 Ronaldu, 0:2 – 21 Ronaldu, 0:3 – 33 Mane, 0:4 – 42 Ronaldu, 0:5 – 44 Al-Sulayhim, 0:6 – 51 Garib, 0:7 – 63 Al Aliva, 0:8 — 83 Al Aliva.